Respublikadagi 62 ta davlat oliy ta`lim muassasalarining 2021 yil yakuniga ko`ra daromadlari va xarajatlari to`g`risidagi ma`lumotlar tahlil qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Natijalar ko`rsatishicha, respublika kesimida eng ko`p daromadlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (qariyb 400 mlrd so`m), Namangan davlat universiteti (320 mlrd so`m) va Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti tomonidan (315 mlrd so`m) shakllantirilgan.
Toshkent shahrida joylashgan eng ko`p daromad ko`rgan oliy ta`lim muassasalarining qisqa ro`yxati quyidagicha:
- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti – 399 mlrd so`m;
- Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti – 320 mlrd so`m;
- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti – 276 mlrd so`m;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 237 mlrd so`m;
- O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 210 mlrd so`m.
Ma`lumot uchun: Oliy ta`lim muassasalarining daromadlari byudjetdan moliyalashtirilgan mablag`lar, to`lov-kontrakt asosida o`qitish uchun tushgan tushumlar, rivojlantirish mablag`lari bo`yicha daromadlar hisobidan shakllantiriladi.






