1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar, Navro`z bog`ida “Milliy qo`g`irchoqlar festivali” bo`lib o`tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi hamda O`zbekiston Sosial turizm assosiasiyasi hamkorligida o`tkazilmoqda.
Festivalda 100 nafar alohida ehtiyojli va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlari, madaniy dasturlar va ko`ngilochar tomoshalar tashkil etiladi.
“Milliy qo`g`irchoqlar festivali” doirasida O`zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmand ustalar ishtirokida “Qo`g`irchoqlar bayrami” nomi ostida ko`rgazma-yarmarka bo`lib o`tadi.
Yarmarka 1 iyun kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Bolalar tomoshalari soat 18:00 dan boshlanadi.






