AsosiyJamiyat

"Vaziyatni hududga borib o`rgandik". Qashqadaryoda tarqalayotgan chigirtkalar bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'"Vaziyatni hududga borib o`rgandik". Qashqadaryoda tarqalayotgan chigirtkalar bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Telegram messenjeridagi kanallarda Dehqonobod tumanidagi ekin maydonlarini chigirtkalar bosgani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holat mas`ullar tomonidan o`rganib chiqildi. Bu haqda Dehqonobod tumani hokimligi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.  

Ma`lum qilinishicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat o`simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda uning tarkibidagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati ma`sullari tuman hokimligi mas`ullar bilan birga o`rganish ishlarini olib bordi.

Aniqlanishicha, video tumanning “Otqamar” mahalla fuqarolar yig`inida tasvirga olingan.  

“Vaziyatni hududga borib o`rgandik. Mutaxassislar tomonidan surishtiruv ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, shamol oqimi tufayli qo`shni Turkmaniston Respublikasidan kichkina chigirtka to`dasi kirib kelgan. Ammo ushbu to`da besh yoshga to`lgan, ko`payish va ozuqlanish davri tugaganligi tufayli aholi tomorqalariga, qishloq xo`jaligiga zarar keltirmaydi”, — dedi tuman hokimi o`rinbosari Baxtiyor Berdiev.

    Boshqa yangiliklar