Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog`liq, muvaffaqiyatlar, O`zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.
Jumladan:
Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Barak Obama;
Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Muhammad bin Noyif bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi o`rinbosari, Vazirlar Mahkamasi raisining ikkinchi o`rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
O`mon Sultoni Qobus bin Said;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn As-Sisi;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy o`z tabriklarini yo`llaganlar.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.





