AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklarning Rossiyaga temiryo`l orqali kirishiga qo`yilgan cheklov bekor qilinadi

'O`zbekistonliklarning Rossiyaga temiryo`l orqali kirishiga qo`yilgan cheklov bekor qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston fuqarolarining Rossiyaga temiryo`l orqali kirishiga qo`yilgan cheklovlar 14 iyundan boshlab bekor qilinadi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Rossiya havo va dengiz orqali mamlakatga kelgan xorijliklarning kirishi uchun o`rnatilgan barcha epidemiologik cheklovlarni olib tashlaydi. Koronavirusga qarshi kurash bo`yicha tezkor shtab bu bo`yicha ma`lumot bergan.

Bundan tashqari, tezkor shtab 14 iyundan boshlab Toshkent–Samara va Toshkent–Volgograd yo`nalishlarida temiryo`l qatnovini har bir yo`nalish bo`yicha haftasiga bir martalik chastota bilan qayta tiklash to`g`risida qaror qabul qilgan.

    Boshqa yangiliklar