1

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga murojaat yubordi

Jamiyat 08.07.2016, 16:24
Teglar: Toshkent
Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga murojaat yubordi

Toshkent shahar hokimligida bo`lib o`tgan navbatdagi brifingda shahar Ma`naviyat va  ma`rifat kengashining poytaxt aholisiga murojaati haqida ma`lumot berildi. 

Ma`naviyat targ`ibot markazi shahar bo`limi rahbari Furqat Mahmudxo`jaev ushbu murojaatni o`qib berdi va undan ko`zlangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha gapirib o`tdi. Mazkur murojaatda shaharda O`zbekiston Respublikasi  Mustaqilligining 25 yilligi bayramiga bag`ishlab 50 obodlik kuni aksiyasi e`lon qilindi.

Hurmatli hamshaharlar !

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida, azim shahrimizda eng ulug`, eng aziz ayyomga katta tayyorgarlik ko`rilyapti. Yurtboshimiz rahnamoligida keng bunyodkorlik  ishlari olib borilmoqda.

“Go`zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O`zbekistonim !” degan buyuk bayramimiz bosh g`oyasi har birimizni fidoyilik qilishga undaydi.

O`zimiz yashab turgan mo``tabar yurtning qadriga etish har bir fuqaroning muqaddas burchi hisoblanadi. Ona zaminga muhabbat esa uni obod qilish orqali namoyon bo`ladi. “Obod joyda – baraka bo`ladi, unum bo`ladi”. Mahalla hududidagi tozalikni ta`minlash, sanitariya holatni yaxshilash, bog`lar yaratish, dam olish maydonchalarni tashkil etish, “To`yga to`yona bilan” deganlaridek, istiqlolimizning 25 yilligiga o`zimizning munosib hissamizni qo`shaylik. Har bir tumanda 25 ta ko`chani obodonlashtirish va 25 ta bolalar o`yingohini bunyod etish bo`yicha olib borilayotgan ishlarga yordam beraylik.

Bebaho tinchlik va osoyishtalikni ko`z qorachig`idek asrash, xalq farovonligini oshirish, diniy bag`rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash har birimizning ezgu maqsadimizdir.

Ko`pni ko`rgan, mehnatkash va olijanob xalqimizning mardligi va matonati evaziga erishilayotgan yuksak marra va natijalar Vatanimizning obro`sini yanada yuksaltirib, ko`pchilik mamlakatlarni qoyil qoldirayotganligi va ularning havasini uyg`otayotganligidan g`ururlanamiz.

Mana shunday olamshumul yutuqlarga o`z-o`zidan osonlikcha erishilgani yo`q. O`z navbatida barchamiz“Kim edigu bugun kim bo`ldik? Ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak” degan teran fikrni dildan his etishimiz lozim.

Inson uchun ona Vatanidan azizroq makon yo`q bu dunyoda. Chunki Er yuzida O`zbekistonimiz – yakkayu yagona. Bundan cheksiz faxrlanamiz.

Azizlar !

Poytaxtimizda mustaqillik bayrami arafasida 50 obodlik kunini e`lon qilib, hududlarni toza-ozoda qilish va mahallalarimiz obodligini ta`minlash insoniy burchimizdir.

Ana shu xayrli ishlarga o`z hissamizni qo`shaylik, poytaxtimizni bundan-da go`zal va obod shaharga aylantiraylik.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1