AsosiyJamiyat

Yana noqonuniy valyuta savdosi...

'Yana noqonuniy valyuta savdosi...'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, IIB, Milliy Gvardiyaning Ishtixon tuman bo`limlari hamda DXXning Qo`shrabot tumani bo`linmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. 5 ming AQSh dollarini fuqaro N.ga 55,5 mln. so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda IIBning Nukus tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.S. 2,8 ming AQSh dollarini 31,2 mln so`mga fuqaro S.ga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida uning yonidan jami 3 ming AQSh dollari, 34,8 ming rossiya rubli, 10 evro, 100 BAA dinari, 5 turk lirasi va 1,2 mln so`m ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, yuqoridagi fuqarolarning harakatlari bo`yicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shug`ullanib kelganliklari ma`lum bo`lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177˗moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov haraktalari o`tkazilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, chet el valyutasini ayirboshlashni faqat bank muassasasi yoki uning shahobchalari orqali amalga oshirishingizni so`rab qolamiz, bu bilan nafaqat o`zingizni asragan bo`lasiz, balki qalbaki valyuta qimmatliklariga duch kelishni oldini olasiz.

    Boshqa yangiliklar