AsosiyJamiyat

YuNISEF SSVga 2150 ta kompyuter jamlanmasini taqdim etdi

'YuNISEF SSVga 2150 ta kompyuter jamlanmasini taqdim etdi'ning rasmi

Joriy yil mart oyida Sog`liqni saqlash vazirligi va YuNISEF tomonidan 2022-2025 yillarga mo`ljallangan 102,5 million AQSh dollarilik "Yo`l xaritasi" imzolangan edi.

Bugun ushbu hamkorlik doirasida Sog`liqni saqlash vazirligiga mamlakatimizda milliy immunizasiya tizimini mustahkamlash va sog`liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida 2150 ta zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan o`tkazilgan tadbirda Sog`liqni saqlash vaziri B.Musaev, YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Mamedzade, vazirlik mas`ullari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Taqdim etilgan ushbu kompyuter vositalarining umumiy qiymati 1,5 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Mazkur mablag` Vaksinalar va immunizasiya bo`yicha global alyansi (GAVI) tomonidan sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish doirasida ajratildi.

Ushbu zamonaviy kompyuter vositalari mamlakatimizda samarali vaksina va immunizasiya boshqaruvini mustahkamlash, birlamchi tibbiyot muassasalarida sog`liqni saqlash tizimini boshqarishning funksional axborot tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta`kidlash lozimki, mazkur jihozlar yurtimizdagi mavjud barcha emlash punktlari va birlamchi tibbiyot muassasalariga etkazib beriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar