1

Toshkentda talaba qizni zo`rlaganlikda ayblangan «zamdekan»ga sud hukmi o`qildi

Jinoyat 07.06.2022, 16:17
Toshkentda talaba qizni zo`rlaganlikda ayblangan «zamdekan»ga sud hukmi o`qildi

Xabaringiz bor 2021 yil 18 oktyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasini dekan  o`rinbosari zo`rlashga harakat qilgani va qiz o`zini himoya qilish uchun derezaga talpinganda "zam dekan" uni itarib yuborgani haqida xabar tarqalgan va shunga ko`ra, dekan o`rinbosari Yu.B.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilib, mazkur holat bo`yicha tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirilgan edi. 

Shundan so`ng, 2022 yil 7 aprel kuni jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 1-qismi bilan ayblangan B. Yu. (1984 yilda Xorazm viloyatida tug`ilgan) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlangan va ushbu jinoyat ishi Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) 1-qismiga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rilgan. 

Bugun, 2022 yil 7 iyun kuni, sudlanuvchi B. Yu. ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha yopiq sud jarayoni o`z nihoyasiga etib, sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Kasimov raisligida ko`rib chiqildi. E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra, B. Yu. Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, uning qilmishida jinoyat tarkibi bo`lmaganligi sababli Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi (reabilitasiya uchun assolar) 2-bandiga asosan reabilitasiya qilindi.

B. Yu. Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo manzil-koloniyalarda o`tattirilishi belgilandi.

Shuningdek manfaatdor shaxslarga mulkiy undiruv masalasida fuqarolik sud ish yurituvi tartibida murojaat qilish lozimligi tushuntirildi. Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchi, jabrlanuvchi va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Eslatib o`tamiz, mazkur voqea sodir bo`lgan davrda "darakchi.uz" tafsilotlarni batafsil o`rganish uchun talaba qiz olib borilgan shifoxonada bo`lib, jabrdiyda va uning onasi bilan suhbat o`tkazgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1