AsosiyJamiyat

Samarqandda "Zil" yonib ketdi

'Samarqandda "Zil" yonib ketdi'ning rasmi

Bir muddat Samarqandda oziq-ovqat do`konlari yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng, Samarqand shahrining ikki MChJ binosida ham yong`in chiqqandi. Shuningdek, 8 iyun kuni viloyatning Oqdaryo tumanidagi qabristonda yong`in yuz berdi.

Joriy haftada yuz bergan 4-yong`in haqida viloyat FVB ma`lumot berdi.

Qayd etilishcha, hodisa kecha, 9 may kuni soat 10:02 da Urgut tumani, Uvaysiy ko`chasida Jizzaxlik fuqaro boshqaruvidagi "Zilʼʼda sodir bo`lgan. Yuk avtomashinasiga yuklangan somon toylarida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:11 da etib borib, yong`in soat 10:15 da qurshab olingan va soat 10:50 da bartaraf etilgan.

"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda tergovga qadar tekshiriv ishlari olib borilmoqda. Batafsil bu haqida ma`lumot beriladi",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar