AsosiyJamiyat

Professional ta`lim Angren shahri misolida yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi

'Professional ta`lim Angren shahri misolida yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi'ning rasmi

Angrenda joriy yilda mehnat bozoriga 3 800 nafar yoshlar kirib keladi, shahardagi 535 ta korxonada ishchi kasblar bo`yicha 1 915 ta bo`sh ish o`rinlari mavjud, investisiya loyihalari hisobiga joriy yilda yana 2 mingdan ortiq o`rta bo`g`in mutaxassislariga ehtiyoj paydo bo`ladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida aholini kasb-hunarga o`qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan tashkil etilgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, yangi tizim orqali 6 ming nafar aholi kasbiy ta`lim bilan qamrab olinadi va manzilli ishga joylashtiriladi.  

Yoshlarni kasbga yo`naltirishga mas`ul bo`lgan psixologlar ishi umuman sezilmayotgani qayd etildi.

Shu bois Xalq ta`limi vazirligiga:  

- o`z tizimidagi psixologlarni qayta o`qitish va talabga javob bermaydiganlarini almashtirish;

- 7-11-sinf o`quvchilarini individual yondashuv asosida kasbiy diagnostikadan o`tkazish va tavsiyalarini kengashlarga taqdim etish topshirildi.  

Shu bilan birga vazirlik oldiga O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish tashxis markazi faoliyatini transformasiya qilish vazifasi qo`yildi.

 

    Boshqa yangiliklar