Davlat xizmatlari agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil uchun sektorlar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Unga ko`ra, baholashning ustuvor yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
- hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi bo`yicha statistik ko`rsatkichlar yig`indisi;
- yoshlar etakchilari faoliyati samaradorligi bo`yicha statistik ko`rsatkichlar yig`indisi;
- xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi bo`yicha statistik ko`rsatkichlar yig`indisi;
- mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar to`g`risidagi statistik ma`lumotlar (48 turdagi mahallada sodir etilgan jinoyatchilikni o`tgan yilga nisbati);
- sektor rahbarlarining shaxsiy tashabbuskorligi bilan amalga oshirilgan ishlari (yo`l qurish, ichimlik suvi bilan ta`minlash, gazlashtirish, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari va boshqa);
- tuman (shahar) bo`linmalari rahbarlarining sohaviy xizmat faoliyati samaradorligining baholash natijalari to`g`risidagi ma`lumotlar;
- tuman (shahar) aholisi va MFY raislarining sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasi bo`yicha so`rovnoma natijalari;
- sektorlar rahbarlarining bilimini ilm.argos.uz platformasi orqali sinovdan o`tkazish natijalari bilan shakllantiriladi.






