15 iyun kuni Toshkent shahridagi IT-Parkda Davlat soliq qo`mitasi Raisi Sh.Kudbiev, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov, soha mutaxassislari hamda O`zbekiston Elektron tijorat assosiasiyasi tarkibidagi tashkilotlar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Konstruktiv muloqot shaklida o`tgan uchrashuvda elektron tijorat bozori vakillari ma`lumotlarini DSQ ma`lumotlar bazasiga integrasiya qilish, tovar (xizmat)lar realizasiyasi uchun masofadan amalga oshirilgan to`lovlarga fiskal belgili chek shakllantirishning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xususan, DSQ tomonidan tatbiq etilayotgan yangi IT instrumentlar va ularni tadbirkorlik faoliyatiga joriy etish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi qayd etildi.






