AsosiyJamiyat

Endi “QR-kod” metrikaga tenglashtirilishi, nikohdan o`tish va ajralish uchun arizalar DXMlarda qabul qilinishi mumkin

'Endi “QR-kod” metrikaga tenglashtirilishi, nikohdan o`tish va ajralish uchun arizalar DXMlarda qabul qilinishi mumkin'ning rasmi

FHDYo eshigida navbat kutish va ortiqcha qog`ozbozliklar davri tugayapti. Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi qabul qilinsa, odamlarga bir qator qulayliklar bo`ladi, deya yozmoqda vazirlik Axborot xizmati. Xususan:

- tug`ilganlik tibbiyot muassasalari orqali FHDYo bo`limlarida qayd etiladi. Bunda bola tug`ilganida tug`ruqxonada  beriladigan tegishli QR-kodli ma`lumotnoma tug`ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;

- nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun FHDYo bo`limiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etiladi;

- nikohdan o`tish uchun ariza berilgani haqida yashash joyidagi mahalla komitetini xabardor qilish shart bo`lmaydi;

- nikohdan ajratish haqida ariza berilganda yarashtiruv komissiyalariga elektron tizim orqali xabar yuboriladi (hozir fuqarolar o`zlari borishlari kerak);

- fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o`zgartirishda tekshiruv o`tkazish uchun ichki ishlar organiga so`rovnoma yuborish va xulosa olish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar