Afg`oniston sharqida kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda "Zamon" yozmoqda.
Ma`lum qilinishicha, zilzilada kamida 300 ga yaqin odam halok bo`lgan, yuzga yaqin uy vayron bo`lgan, vayronalar ostida yana odamlar borligi aytilmoqda. 6 magnitudali zilzila Paktika viloyatida qayd etilgan. Mahalliy Baxtar axborot agentligi qurbonlar soni haqida xabar berib, qutqaruvchilar vertolyotda etib kelganini aytdi.
Mamlakatdagi Qizil Xoch xodimlari yordam berish uchun hududga safarbar etilgan.
Mazkur zilzila O`zbekistonda ham sezilgan. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko`ra, bugun, 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 01:55 da Afg`onistonda zilzila sodir bo`ldi. Zilzila koordinatalari: 35,11 gradus shimoliy kenglik; 68,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 685 km janubiy-g`arbda.
O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Surxandaryo viloyatida 3 ball, 281 km.
Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 503 km.
Samarqand viloyatida 2 ball, 536 km.
Jizzax viloyatida 2 ball, 567 km.ni tashkil etdi.