AsosiyJinoyat

Mirobodda subsidiya mablag`i olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Mirobodda subsidiya mablag`i olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan G.S. o`ziga tegishli xulosa chiqarmasdan boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, go`yoki hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali uy-joy olish uchun subsidiya mablag`i olib berishini aytib, dastlab uning 1 000 AQSh dollarini qo`lga kiritib, yana 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar