1

Bugun qatnaydigan yo`lovchi poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi

Jamiyat 27.06.2022, 07:39
Bugun qatnaydigan yo`lovchi poezdlar harakat jadvaliga o`zgartirish kiritildi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekistonning barcha hududlarida anomal issiq havo kuzatilmoqda va bunday ob- havo sharoitida poezdlar harakat xavsizligini ta`minlash maqsadida ayrim yo`lovchi poezdlar harakat jadvalida o`zgarish bo`lmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ xabar berdi.

Ta`kidlanishicha, bugun Samarqand - Toshkent yo`nalishida harakatini amalga oshiradigan 763-sonli;

Qarshi-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 759F –sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari;

Buxoro-Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 009 F-sonli Sharq;

Andijon-Termez yo`nalishida harakatlanadigan 659 F sonli hamda Andijon –Toshkent yo`nalishida harakatlanadigan 059 F- sonli yo`lovchi poezdlari manziliga harakat jadvalidan kechikib borishi kuzatilmoqda.

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ rahbariyati bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`ramoqda.

Eslatib o`tamiz, qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1