1

O`zbekistonda birinchi avtomobil ishlab chiqarilganiga 20 yil to`ldi

Jamiyat 19.07.2016, 10:19
Teglar: Avto
O`zbekistonda birinchi avtomobil ishlab chiqarilganiga 20 yil to`ldi

Bundan 20 yil avval Asaka avtomobil zavodi ishga tushdi. 1996 yil 19 iyul kuni Asakada «O`zDEUavto» qo`shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi bo`ldi. 

Prezidentimiz Islom Karimov o`sha tantanali marosimda bunday dedi: «O`zimizning yurtimizda ham, uzoq va yaqin qo`shnilarimiz ham yaxshi tushunadiki, bunday ulkan zavodni qurish uchun nafaqat iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarga, balki katta ma`naviy qudratga, qolaversa, katta yurakka ham ega bo`lish kerak». 

Avtomobilsozlik dunyo sanoatining eng peshqadam tarmoqlaridan biri hisoblanadi, deya xabar beradi O`zA. Ma`lumotlarga ko`ra, jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb o`n foizini shakllantirayotgan ushbu tarmoq iqtisodiyotni chuqur tarkibiy o`zgartirishga qodir. Binobarin, avtomobilsozlik ishlab chiqarishga eng ilg`or va murakkab texnologiyalarning keng jalb etilishi, mahsulotlarning ulkan qo`shimcha qiymatga ega bo`lishini ta`minlaydigan qayta ishlash tarmoqlarining vujudga kelishini rag`batlantirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta`minlashga xizmat qiladi. 

Mustaqillikka qadar engil avtomobilga ega bo`lish har kimga ham nasib etmasdi. Mutlaqo yangi texnologiyalar, eng ilg`or talablar asosida ishlab chiqarilgan milliy avtomobilsozlikning ilk namunalari – «Damas», «Nexia» va «Tico» yurtimiz yo`llarida paydo bo`lishi avtomobillar haqidagi tasavvurlarimizda, ta`bir joiz bo`lsa, inqilob yuz berishiga sabab bo`ldi. 

Asaka avtomobil zavodi o`z faoliyati ko`lamini yil sayin kengaytirib bordi. Milliy avtomobilsozlikda yangi rusumlar paydo bo`ldi. 2001 yilning avgust oyida «Matiz» xetchbeki, 2002 yilning sentyabrida yangi rusumdagi «Nexia DOHC» sedani taqdim etildi. 

Kompaniya deyarli har yili xaridorlarni yangiliklar bilan xushnud etib kelmoqda. 2003 yilda avtomobil sanoatimiz «Lacetti» rusumidagi avtomashina ishlab chiqarishni o`zlashtirdi. 2004 yilning dekabr oyida bir litr hajmli dvigatel va avtomat uzatmalar qutisiga ega «Matiz Best», 2006 yilning fevral oyidan yangi «Damas II» avtomashinalari ishlab chiqarila boshlandi. 

2008 yilda tarmoqdagi to`ng`ich korxona – Asaka avtomobil zavodi hayotida yangi davr boshlandi. Uning negizida «O`zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi hamda «General Motors» kompaniyasi ta`sischiligida «GM Uzbekistan» qo`shma korxonasi tashkil etildi. O`zbek avtomobillari safi yangi, zamonaviy va sifatli avtomobillar hisobiga yanada kengaya boshladi. 2010 yilda ancha takomillashtirilgan va texnologik ixchamlashtirilgan «Chevrolet Spark», 2011 yilda modernizasiya qilingan «Chevrolet Captiva», 2012 yilda «Chevrolet Malibu», 2013 yilda «Chevrolet Cobalt» avtomobili ishlab chiqarila boshlandi. So`nggi yillarda milliy avtosanoatimiz avtomobillari qatoriga yangi rusumdagi mashinalar qo`shildi. Xususan, yangilangan «Lacetti», 2014 yil boshida «Orlando» oilaviy avtomobili namoyish etildi. 

– 2015 yilning iyul oyida «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati yangi – «Labo» avtomobilini omma e`tiboriga havola qildi, – deydi «O`zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari Alisher Komilov. – Compact LCV avtomobillar toifasiga kiradigan mazkur avtomobil kichik hajmli yuklarni tashishda juda qo`l kelishi bilan ajralib turadi. Ushbu transport vositasi qisqa fursatda «Damas» va «Orlando» rusumidagi avtomobillarni ishlab chiqarishni o`zlashtirgan «Xorazm avto» zavodining navbatdagi muvaffaqiyatli loyihasi bo`ldi.

Sharhlar

FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

12.05.2020, 20:18

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga...
​QULAGAN DARAXTLAR VA UChGAN TOMLAR: ShIDDATLI ShAMOLNING OQIBATLARI (FOTO, VIDEO)

18.10.2017, 12:10

Kuni kecha soat chamasi 22:00 larda O`zbekiston hududiga kirib kelgan antisiklon orqasidan shiddatli shamol, yomg`ir va sezilarli sovuq harorat olib kirdi. Kuchli shamol poytaxtlik avtomobilchilarga...
​GM UZBEKISTAN YaGONA SAVDO PORTALINI TAQDIM ETDI

30.09.2017, 09:32

GM Uzbekistan avtomobillar savdosi tizimini takomillashtirish ustida ishlashda davom etadi va o`z mijozlariga, kompaniya bilan aloqada bo`lishning yanada qulay va maksimal darajada shaffof bo`lgan xizmat...
​ TOShKENTDA MOTOSIKLNING KAMAZGA BORIB URILIShI OQIBATIDA YoSh YIGIT HALOK BO`LDI(FOTO)

28.08.2017, 11:35

Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida oqibati o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Facebook`ning "Voditeli tashkenta" guruhida ma`lum qilinishicha, "Botkino" yaqinidagi yo`lda KamAz yuk mashinasi va motosikl...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1