AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya delegasiyasi Turkiyada bo`lib qaytishdi

'Milliy gvardiya delegasiyasi Turkiyada bo`lib qaytishdi'ning rasmi

Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish va o`zaro tajriba almashish maqsadida joriy yilning 22-25 iyun kunlari Milliy gvardiya delegasiyasining Turkiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

Delegasiyani Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo`mondoni armiya-generali Arif Chetin kutib oldi.

Do`stona va samimiy ruhda o`tkazilgan muzokaralar davomida, tomonlar xavfsizlikni ta`minlash, kadrlarni tayyorlash va terrorizmga qarshi kurashish sohalarida o`zaro tajriba almashish va amaliy hamkorlikni davom ettirish borasida qator ijobiy kelishuvlarga erishildi. Turkiya generali Arif Chetin O`zbekiston Milliy gvardiyasi bilan samarali hamkorlik aloqalarni barcha yo`nalishlarda kengaytirishga tayyor ekanligini ma`lum qildi.

Shu bilan birga tashrif davomida, delegasiya a`zolari Turkiya Jandarmeriyasi Bosh qo`mondonligi, Jandarmeriya va sohil xavfsizligi Akademiyasi, Nevshexir va Istanbul shaharlari Jandarmeriyasi boshqarmalari hamda Sohil xavfsizligi va Marmara bo`g`ozi bo`linmalari qo`mondonligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

    Boshqa yangiliklar