1

Farg`onada voyaga etmaganlarga noqonuniy diniy saboq bergan shaxs ushlandi

Jinoyat 30.06.2022, 14:12
Farg`onada voyaga etmaganlarga noqonuniy diniy saboq bergan shaxs ushlandi

Joriy yilning 2 aprel kuni Farg`ona viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi va Farg`ona shahar IIOFMB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashi bo`limi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuniy diniy saboq berish holati fosh etildi. Bu haqda Farg`ona viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Farg`ona shahrida joylashgan o`quv markazlaridan birida arab tilidan dars beruvchi T.M. ismli fuqaro (ayol) jami 19 nafar o`quvchilarga (8 nafari voyaga etmagan) diniy ta`lim berayotganligi aniqlanib, 8 dona maxsus galogrammalarga ega bo`lmagan o`quv qo`llanmalari daliliy ashyo tariqasida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar bo`yicha IIOFMB tomonidan fuqaro T.M. ga nisbatan to`plangan hujjatlar tegishli tartibda jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona shahar sudiga taqdim etilgan bo`lib, sud tomonidan T.M.ga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1