O`zbekistonda yoshlar uchun amaldagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko`paytiriladi

Siyosat 30.06.2022, 21:24
O`zbekistonda yoshlar uchun amaldagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko`paytiriladi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoev "Yoshlar kuni"ga bag`ishlangan bayram tadbirida nutq so`zlamoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Yangi O`zbekistonning barcha yoshlarini bayram bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda Darakchi.uz' muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

“Albatta, sizlar bilan uchrashish, ko`nglingizdagi ezgu orzu va rejalaringiz bilan o`rtoqlashish, taklif va tashabbuslaringiz haqida eshitish menga doimo quvonch va g`urur bag`ishlaydi",-deydi O`zbekiston etakchisi.

— Hozirgina prezident va ijod maktablari o`quvchilari, Yangi O`zbekiston universiteti talabalari, yosh olim va ijodkorlar, dasturchilar, sportchilar va tadbirkorlar bilan gaplashib, bir narsaga qat`iy amin bo`ldim. Bugungi yoshlarimizning salohiyati, dunyoqarashi, bildirgan taklif va tashabbuslari, mustaqil fikrlashi, kelajak va Vatan haqida, o`zining jamiyatdagi o`rni va mas`uliyati haqidagi qarashlari barcha ota-onalar, ustoz-murabbiylar qatorida meni ham cheksiz quvontiradi.

Davlat rahbari so`zida davom etarkan, yoshlar bilan ishlash bo`yicha mutlaqo yangi tizim yaratishga erishilganini, mahallalarda 9,5 ming nafar yoshlar etakchilari o`z faoliyatini boshlaganini, hozirga qadar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 700 mingdan ortiq yigit-qizlar muammolarini hal etishga 650 milliard so`m yo`naltirilganini ta`kidlaydi.

"18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlarimizning masalalarini hal etish maqsadida joriy qilingan “Yoshlar daftari” tizimi amalda ijobiy natijalar bermoqda. Lekin, shuni ham unutmaslik lozimki, yoshlarning dunyoqarashi, ularning muayyan bir kasbga bo`lgan qiziqishi 14 yoshidan, ya`ni maktab davridanoq shakllanadi.  Shu bois, bundan buyon 14-17 yosh oralig`idagi 3 million nafarga yaqin o`g`il-qizlarimizga ham,  “Yoshlar daftari”da ko`zda tutilgan imtiyoz va engilliklardan foydalanish imkoniyati yaratiladi",-deydi prezident

Ma`lum qilinishicha, nazarda tutilgan amaldagi imtiyozlar 11 tadan 25 taga ko`paytiriladi.  

Ushbu daftarga kiritilganga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o`rganishi uchun, har biriga oyiga 1 million 200 ming so`mdan subsidiya beriladi.  

Shuningdek, yoshlarga ilm-fan, sport, san`at va madaniyat yo`nalishlaridagi to`garaklar uchun 6 oy davomida 300 ming so`mdan pul to`lanadi.  

Ularga ushbu yo`nalishlar bo`yicha:

  • mahalliy olimpiadalarda qatnashish xarajatlari uchun 1 million 200 ming so`mdan;
  • nufuzli xalqaro olimpiadalar uchun – 12 million so`mdan mablag` ajratiladi. 

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun yilda bir marotaba maktab formasi hamda o`quv qurollarini sotib olish xarajatini davlat o`z zimmasiga oladi.

Dilbar Abdunabieva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1