AsosiyJamiyat

Konstitusiyaga o`zgartish va qo`shimchalar kiritishga oid qonun loyihasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi maqomiga oid qismi chiqarildi

'Konstitusiyaga o`zgartish va qo`shimchalar kiritishga oid qonun loyihasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi maqomiga oid qismi chiqarildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun Konstitusiyaviy qonun loyihasiga bag`ishlangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. 

Umumxalq muhokamasi davomida “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan Qoraqalpog`iston aholisidan kelib tushayotgan taklif va mulohazalar yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoev tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi deputatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi faollari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda bildirgan takliflarini inobatga olish zarur deb topdilar. Ya`ni, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari o`zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qolish maqsadga muvofiq deb topdilar.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining  majlisi o`z ishini yakunladi.

Eslatib o`tamiz, Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yana 10 kunga, ya`ni 15 iyulga qadar uzaytirildi. 

Boshqa yangiliklar