Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro H.R. fuqaro R.ga Shofirkon tumani, “Tezguzar” MFY hududida tomorqa xo`jaligi uchun ajratilgan 16 sotix er maydonini boshqa bir fuqaro N.ga tanishlari orqali uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.J. boshqa bir fuqaro J.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro shahri, “Alpomish” ko`chasida joylashgan 10 sotix bo`sh er maydonini uy-joy qurish uchun uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 35 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






