AsosiyJamiyat

Samarqandda 18 yoshli qiz o`zini Zarafshon daryosiga tashlamoqchi bo`ldi

'Samarqandda 18 yoshli qiz o`zini Zarafshon daryosiga tashlamoqchi bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 11 iyul kuni soat 15:03 lar atrofida Samarqand shahar qo`riqlash bo`limi 3 otryadi  xodimlari tomonidan qo`riqlanayotgan Zarafshon daryosi ustidagi toifalangan ko`prikda  noma`lum sabablarga ko`ra o`zini suvga tashlamoqchi bo`lgan fuqaroning hayoti saqlab qolingani haqida Samarqand viloyat hokimligi xabar berdi.

Milliy gvardiya Qo`riqlash xizmati xodimlari bu holatni ko`rib, zudlik bilan qizni ushlab qolishga erishishgan va noxush holatning oldi olingan. Ma`lum bo`lishicha qizning bu qarorga kelishiga oilaviy muhitning nosog`lomligi sabab bo`lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan hududiy ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar