AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ayol yaqinlari tomonidan kaltaklangani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'Qashqadaryoda ayol yaqinlari tomonidan kaltaklangani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Biroz avval Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati internetda tarqalgan, kelin eri va yaqinlari tomonidan kaltaklanib, sochi kesib tashlangani aytilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirgan edi

Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi.

Unda aytilishicha, holat yuzasidan Yakkabog` tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro Yu.E, Yu.B va boshqalarga nisbatan  Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo`rlik ishlatib g`ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi «a» bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Fuqaro Yu.E. Jinoyat prosessual kodeksning 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanildi. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar