Joriy yilning 17-22 iyul kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayadi. Bu haqda "O`zgidromet" rahbari Sherzodxo`ja Habibullaxo`ja xabar berdi.
Ushbu issiq oqimning kirib kelishi sababli kunduz kunlari havo harorati:
Qoraqalpog`iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha;
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha;
Farg`ona vodiysi viloyatlarida 41-43 darajagacha ko`tariladi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol chang to`zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.