Bugun, 13 iyul kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanida 16 yoshli bolaning qo`li go`sht maydalagich ichiga kirib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Shahrixon tumani “Ok ko`prik” mahallasida yashovchi, 2006 yilda tug`ilgan fuqaro N. I. Marhamat tumanidagi umumiy ovqatlanish shaxobchalaridan birida ish faoliyat olib borayotgan vaqtida e`tiborsizlik sabab, o`ng qo`lini oshxona go`sht qiymalagichi toritib ketgan.
U Respublika shoshilinch tez yordam bo`limiga olib kelingan va viloyat FVBning tezkor qutqaruv otryadi xodimlari maxsus temir kesuvchi asbob-uskunalar yordamida bolaning qo`li chiqarib olingan. Jarrohlar bilan o`tkazilgan ushbu jarayon bartaraf etilishiga salkam bir soat vaqt talab etgan.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, hozirda N.I.ning ahvoli o`rtacha va u Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining jonlantirish bo`limida davolanmoqda.