AsosiyJamiyat

Toshkentda erusti metrosining 6- va 7-metro bekatlari oralig`ida poezdlar harakati vaqtinchalik to`xtatildi

'Toshkentda erusti metrosining 6- va 7-metro bekatlari oralig`ida poezdlar harakati vaqtinchalik to`xtatildi'ning rasmi

Toshkent shahar Farg`ona yo`li ko`chasini Bektemir shossesi bilan bog`lovchi Toshkent halqa avtomobil yo`li ko`chasidan o`tuvchi yo`l o`tkazgich inshootining ikki tarafidan THAYga kirish va chiqish imkonini beruvchi yordamchi yo`l o`tkazgichlarini qurish va harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida, 6- va 7-metro bekatlari oralig`ida metro poezdlari harakati vaqtinchalik to`xtatildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shu munosabat bilan, yo`lovchilarning jamoat transportiga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan "Rohat 5-metro bekati - Qo`yliq 7-metro bekati" metro bekatlari oralig`ida vaqtinchalik avtobus yo`nalishi tashkil etildi.

Mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik avtobus yo`nalishidagi harakat jadvallari soni "ISUZU" rusumli avtobuslar asosida haftaning barcha kunlariga 2 ta, yo`nalishning ish tartibi soat 7:00 dan 20:00 ga qadar etib belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar