Samarqand viloyat IIBning xabariga ko`ra, bugun soat 8:20 larda Ishtixon tumanida yashovchi 1991 yilda tug`ilgan S.U. Samarqand shahridagi Siyob bozori yonidagi ko`prikdan o`zini pastga tashlamoqchi bo`lganida shu erdan o`tib ketayotgan fuqarolar tomonidan to`xtatib qolingan.
Dastlabki tekshiruvlar uning ushbu holatni sodir etishiga oilasidagi nosog`lom muhit sabab bo`lganligini ko`rsatmoqda.
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.