Farg`onada neftni qayta ishlash sexi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Voqea bugun – 14 iyul kuni soat 16:26da Toshloq tumani, Axshak “MFY” Besholish dahasida joylashgan sexda sodir bo`lgan. Ushbu sex neft mahsulotlarini qayta ishlashga mo`ljallangan. Yong`in sexdagi maxsus chuqurlikka joylashtirilgan 200 litrlik 5 dona temir idishlaridagi neft maxsulotlaridan kelib chiqqan.
Holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berilishi aytilmoqda.






