AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 4 erkak tomonidan ayovsiz kaltaklanib, sochi olib tashlangan ayol voqeasi aslida qanday bo`lgan? (video)

'Qashqadaryoda 4 erkak tomonidan ayovsiz kaltaklanib, sochi olib tashlangan ayol voqeasi aslida qanday bo`lgan? (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda kelin o`z eri va yaqinlari tomonidan bog`lab qo`yib vahshiylarcha kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu  voqea yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati  rasmiy axborot bergan edi.  

Unga ko`ra, joriy yilning 9  iyul kuni soat taxminan 23:30 larda Yakkabog` tumani “Yangihayot” MFYda yashovchi Yu.E., Yu.B., Yu.R. va Yu.X. kelin Q.M. fuqaro Yu.X. bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurganligidan g`azablanib, uning oyoq-qo`lini bog`lab, sochini kesib tashlab, tanasini duch kelgan sohalariga qo`l-oyoqlari va qamchi bilan muttasil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berib tan jarohati etkazishgan. 

Oqibatda Q.M. tan jarohati olib, Yakkabog` tumani Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgan.

Zo`rovonlikka uchragan ayol voqeasi aslida qanday bo`lgan? ZAMON.UZ sayti muxbiri voqea tafsilotlarini o`rgandi.

Unga ko`ra,  ayol o`zidan salkam 10 yosh kichik bo`lgan yigit bilan ishqiy aloqada bo`lganligi aytilmoqda. Yigit bo`lsa uylanish arafasida bo`lgan. Ularning munosabatlaridan norozi bo`lgan yigitning aka-ukalari "sevishganlar"ning qo`l-oyoqlarini bog`lab, ayolning uyida tonggacha kaltaklashadi. Ayol tongda qo`shnilarining yordami bilan shifoxonaga keltiriladi. 

Muxbir surishturuvida ayol yigitning bo`lajak turmush o`rtog`i bilan telefon orqali gaplashganini aytadi.  Yigit uylanishni istamasligini, shuning uchun ayoldan unashtirilgan qiziga telefon orqali uning xotini ekanligini aytishini so`ragan.   

Yigit ayolning yaxshi ko`rishini, ammo uylanish niyati yo`qligini ta`kidlagan. Yigitning otasi ayolni qamchi bilan jahl ustida ayolning dod-voyiga ham qaramay urganligini tan oldi.  

    Boshqa yangiliklar