Bugun, 14 iyul kuni Silk Way West Airlines xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyasi Boku – Navoiy – Gonkong yo`nalishi bo`yicha ilk charter-yuk reysini amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airpots xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Boeing 747-800 mahalliy vaqt bilan 12:48 da Navoiy xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi va bir necha soatdan keyin Gonkongga jo`nab ketdi. An`anaga ko`ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olindi.
Silk Way Airlines Ozarbayjonning xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyasi bo`lib, bosh ofisi va parvozlarini Boku shahridagi Haydar Aliev xalqaro aeroportida amalga oshiradi. U Evropa va Osiyo, Amerika Qo`shma Shtatlari va Afrikani bog`laydigan yuk tashish xizmatlarini, shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari uchun xizmatlarni taqdim etadi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning iyun oyida Xitoydan O`zbekiston orqali Evropaga va qarama-qarshi yo`nalishdagi reyslarni amalga oshiruvchi SkyTaxi yuk aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni boshlagan edi.






