Fuqaroni ijtimoiy tarmoqlar orqali obro`sizlantirmoqchi bo`lgan tovlamachi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Dang`ara tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.M. (ayol) fuqaro E.ning qadr-qimmati va obro`siga putur etkazishi mumkin bo`lgan fotosurat va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborishi bilan qo`rqitib, evaziga undan tovlamachilik yo`li bilan 2 000 AQSh dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.






