AsosiyJinoyat

Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» a`zosi ozodlikdan mahrum etildi

'Samarqandda «Hizb ut-Tahrir» a`zosi ozodlikdan mahrum etildi'ning rasmi

Joriy yilning fevral oyida xorij davlatlari huquqni muhofaza qilish idoralari bilan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Pastdarg`om tumanida istiqomat qilgan O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti a`zosi 1978 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, Pastdarg`om tumani, Qorabo`yin qishlog`ida yashagan Abdullaev Obid Usmonovichning jinoiy faoliyatiga chek qo`yilgan edi.

IIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, tergov jarayonida ma`lum bo`lishicha, O.Abdullaev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ishlashi davomida Internetning “Facebook” va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlarida «Hizb ut-Tahrir»ning audio-video materiallarini tarqatib kelgan. Shuningdek, u oila a`zolari, xususan, farzandlariga «Hizb ut-Taxrir»ning «Islom nizomi» kitobi va «Al-Va`y» nomli jurnalidan ekstremistik g`oyalarni singdirib kelgan. 

O.Abdullaevning jinoiy harakatlari «Hizb ut-Tahrir»ning faol yollovchilari hisoblangan, ayni paytda xalqaro qidiruvda bo`lgan quyidagi shaxslar tomonidan boshqarilgan.

Ular: «Mahmud Abdulmo`min» taxallusli 1980 yilda Qirg`iziston Respublikasida tug`ilgan, Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich va «Ustoz Said aka» taxallusli 1964 yilda Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida tug`ilgan Mamarizaev Muxamad Homidovich.

Joriy yilning iyul oyida O.Abdullaevning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand viloyat sudi tomonidan ko`rib chiqilib, u 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Hurmatli fuqarolar, o`zingiz va yaqinlaringizni Internet tarmog`ida va xorijda soxta Islom dini targ`ibotchilarining ta`siriga tushib, jinoyatchi bo`lishlariga yo`l qo`ymang.

    Boshqa yangiliklar