Bortida 245 nafar ziyoratchi bilan Jiddadan uchgan “Uzbekistan Airways” milliy aviakompaniyasining samolyoti 14 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo`ndi. Bu haqda Uzbekistan Airpots xabar bermoqda.
Ziyoratchilar poytaxt aeroportining uchib kelish zalida kutib olindi maxsus avtobuslarda “Novza” jome masjidiga etkazildi. O`zbekiston musulmonlari idorasi ham ziyoratchilarning yaqinlariga terminal va aeroport oldi hududlarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida ziyoratchilarni aeroportda emas, balki "Novza" jome masjidi oldida kutib olishni tavsiya qilmoqda.
14-31 iyul kunlari Jiddadan Toshkent, Namangan, Qarshi, Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukusga jami 45 ta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.






