Talabalar o`qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o`rindan birini egallagan) oliy ta`lim tashkilotlaridan davlat oliy ta`lim muassasalarining mos va turdosh ta`lim yo`nalishlariga ko`chirish bo`yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi. Bu haqda DTM xabar qildi.
Ma`lum qilinigicha, xorijiy davlatlardan o`qishni ko`chirish bo`yicha arizalarni qabul qilish 15 iyuldan 5 avgustga qadar my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan)” bo`limi orqali amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlardan o`qishni ko`chirish bo`yicha o`tish ballari Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining tegishli buyrug`i bilan tasdiqlangan bo`lib, o`tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Talabalar o`qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta`lim tashkilotlaridan davlat oliy ta`lim muassasalarining mos va turdosh bo`lmagan ta`lim yo`nalishlariga ko`chirishga ruxsat etilmaydi.






