AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "aqlli" svetaforlar ishlab chiqarilmoqda

'O`zbekistonda "aqlli" svetaforlar ishlab chiqarilmoqda'ning rasmi

Innovasion rivojlanish vazirligi O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan "aqlli" svetaforlar haqida ma`lumot berdi.

"Aqlli" svetaforlar O`zbekistonda birinchi bo`lib Farg`ona Politexnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan. Shundan so`ng ular Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan 618,2 mln. so`m mablag` bilan moliyalashtirilgan.

Hozirda ular Farg`ona viloyatidagi "Oltiariq Innovasiya" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

"Aqlli" svetaforlarning dasturi o`zbek tilida, bu esa xaridorlar mahsulotni sozlashda qiyinchiliklarga duch kelmasligini ta`minlaydi.

Ushbu svetaforlar turli xil noqulayliklarning oldini olish maqsadida avtomatik ravishda o`z o`rnini o`zgartira oladi, ya`ni tepaga ko`tariladi va tushadi. Bu jarayonda hech qanday inson omili qatnashmaydi.

Ular quvvatli va chidamli svetodiodlar, monokristal kremniy asosidagi quyosh panellari, zanglamas metall konstruksiya va sovuqqa chidamli elektrotexnika qismlaridan tashkil topgan.

Bugungi kunda tashkilotning ishlab chiqarish quvvati oyiga 20 ta svetaforga teng. Bu ko`rsatkich joriy yilning 3-chorak yakuniga qadar 2 barobarga oshirilishi kutilmoqda.

O`zbekistonning 8 ta viloyatida 43 ta shunday mobil svetaforlar o`rnatilib, 850 mln. so`mlik daromadga erishildi.

Ushbu "aqlli" svetaforlar uchun Python dasturlash tili orqali intellektual tizim ham yaratilgan bo`lib, u orqali tirbandliklarning oldini olishga erishish mumkin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar