Tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yish bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biridir.
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, “Chuqursoy texnik idora” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan kirib kelgan yuk konteyner belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, yuk konteynerida yuk hujjatlarida ko`rsatilmagan 14,4 tonna og`irlikdagi qiymati 909,7 million so`mlik 535 130 metr “Plastic zipper”( Zastyojka molniya) hamda 4,2 tonna og`irlikdagi qiymati 126,1 million so`mlik “Metal zipper” (Zastyojka molniya) nomli tovarlar borligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, mazkur tovarlarning umumiy qiymati 1 milliard 35,8 million so`mni tashkil etmoqda.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






