Koronavirus zaiflashmoqda, emlash butun dunyoda keng qo`llanilmoqda va 2022 yil oxirida pandemiya tugagani e`lon qilinishi mumkin. Bu haqda Vaksinauz kanali Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi bosh ilmiy xodimining "Izvestiya" gazetasiga bergan intervyusiga tayanib aytmoqda.
Mutaxassisning ta`kidlashicha, pandemiya boshlanganidan buyon virusdan o`lim darajasi 5-6 foizdan 0,5-0,4 foizgacha pasaygan, ayrim mamlakatlarda esa bu ko`rsatkich 0,3-0,1 foiz darajasida.
Uning so`zlariga ko`ra, keng qo`llaniladigan emlash, shuningdek, virus shtammlarining «zaiflashishi» kasallanishning ortishini ancha kamaytirdi.
«O`ylaymanki, yil oxirigacha koronavirus bilan kasallanish darajasi keskin kamayadi. Va ushbu davrga kelib Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti pandemiya tugaganini rasman e`lon qilishi mumkin», dedi virusolog.






