AsosiyJamiyat

Bekobodda 90 ming AQSh dollarini Tojikistonga noqonuniy olib chiqmoqchi bo`lgan ayol ushlandi

'Bekobodda 90 ming AQSh dollarini Tojikistonga noqonuniy olib chiqmoqchi bo`lgan ayol ushlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1979 y.t. ayol Sh.M. 20 ming AQSh dollarini oyoq kiyimlari ichiga yashirgan holda «Farxod» chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga olib o`tmoqchi bo`lgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo`mitasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan to`xtatib qolindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilayotgan vaqtda esa u yana bir bor xuddi shunday noqonuniy harakatni sodir etdi.

Bu safar u egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda 70 ming AQSh dollarini aynan shu chegara bojxona posti orqali qo`shni davlatga olib chiqishga uringanida qo`lga olindi.

Aniqlanishicha, ushbu ko`p miqdordagi xorijiy valyuta qimmatliklari Tojikiston Respublikasi fuqarosiga tegishli bo`lib, Sh.M. o`zining kur`erlik xizmatiga ma`lum bir miqdorda pul mablag`i olishi kerak bo`lgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar