AsosiyDunyo

Koronavirus endi yangi alomatlar bilan namoyon bo`lmoqda — JSST

'Koronavirus endi yangi alomatlar bilan namoyon bo`lmoqda — JSST'ning rasmi

Pandemiya mavzusi keyingi haftalarda yana kun tartibida. Chunki koronavirus mutasiyaga uchrashda davom etyapti. Oqibatda dunyo bo`ylab “omikron”ning BA.4, BA.5, BA.2.12.1 versiyalari keng tarqalmoqda. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

 Hatto o`tgan oyda Hindistonda aniqlangan BA.2.75 subvarianti qisqa muddatda o`nga yaqin davlatlarga kirib bordi. Albatta, bularning barchasi  jahonda COVID-19ni yuqtirganlar soni kun sayin oshishiga turtki bo`lyapti.

Ana shunday murakkab epidemiologik vaziyatda dunyo olimlari xastalikni jilovlash uchun yangi tadqiqotlar olib bormoqda.

Ma`lum bo`lishicha, endi isitma yoki hid va ta`m bilish qobiliyatining yo`qolishi koronavirus infeksiyasiga xos asosiy belgilar emas!

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti maxsus vakili Devid Nabarro bu haqda to`xtalar ekan, ayni paytda tomoq va bosh og`rig`i hamda burun bitishi yangi mutasiyalarning etakchi alomatlari sifatida namoyon bo`layotganini qayd etdi.

“Hozir SOVID-19 juda “aqlli” virusga aylanmoqda, — deydi u. —  Shu sababli unda inson immunitetiga “chap berish” xususiyati rivojlanyapti. Bu esa kasallanishlar soni ortishiga xizmat qilyapti”.

Shunga qaramay, mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksinalar yangi mutasiyalarning bemorlarda engil va asoratsiz o`tishini ta`minlaydi, degan fikrda.

    Boshqa yangiliklar