AsosiyJamiyat

Andijonda 11 nafar bolaga noqonuniy diniy ta`lim berayotgan er-xotin aniqlandi

'Andijonda 11 nafar bolaga noqonuniy diniy ta`lim berayotgan er-xotin aniqlandi'ning rasmi

Andijon shahrida noqonuniy diniy ta`lim berish bilan bog`liq holat aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Andijon shahri bo`yicha IIOFMB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi erkak X.M hamda uning turmush o`rtog`i Andijon shahrida yashovchi ayol X.X bilan birga 2021 yil dekabr oyidan buyon yashash xonadonda, o`zining tanishlarining 11 nafar voyaga etmagan o`g`il va qiz farzandlariga maxsus diniy bilimga ega bo`lmay turib va diniy tashkilot boshqaruv markaziy organining ruxsatisiz noqonuniy ravishda «Muallimiy soniy» va «Qur`oni Karim» nomli diniy adabiyotlardan foydalangan holda diniy saboq berib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 241-moddasi bilan Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudi tomonidan X.Mga nisbatan 12 sutka ma`muriy qamoq jazosi va uning turmush o`rtog`i X.Xga rasmiy ogohlantirish jazosi qo`llanilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar