Bugun, 19 iyul kuni "UzAuto Motors" o`zining 26 yoshini nishonlamoqda.
Bir kun avval kompaniya o`zining 26 yilligiga sovg`a sifatida "Chevrolet Tracker-2023" avtomobilining taqdimotini o`tkazgan edi.
Shunday qilib, yangi "Chevrolet Tracker-2023" avtomobilining sotuvga chiqarilishi zavod ishchi kuchining O`zbekistondagi haydovchilar uchun o`ziga xos sovg`asi bo`ldi. Yil oxirigacha kompaniya ko`pchilik kutayotgan "Chevrolet Onix" avtomobilini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishni rejalashtirgan.
" – 26 yil davomida kompaniya rivojlanishning uzoq yo`lini bosib o`tdi. Yo`lda ko`p qiyinchiliklar bo`ldi, ammo muvaffaqiyat va yutuqlar ham ko`p bo`ldi! 1996 yil iyul oyidan beri "UzAuto Motors" konveerlaridan 4 millionga yaqin avtomobil chiqib ketdi. Bu korxonamiz mahsulotlariga O`zbekistonda talab yuqori ekanligining yorqin dalilidir.
Shunday ekan, "UzAuto Motors" AJni nafaqat kompaniya xodimlarini, balki mamlakatimizning barcha avtoulovchilarini tug`ilgan kuni bilan tabriklashga ijozat bergaysiz", – deyiladi kompaniyaning






