Evroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalarning ettinchi paketi qaysi sohalar va shaxslarni qamrab olishi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Zamon.uz' xabar berdi.
Ma`lumotga ko`ra, yangi cheklovlar ostida Rossiyadagi “Tungi bo`rilar” motoklubi va uning rahbariyati tushgan. Xususan, ushbu jamiyat prezidenti Aleksandr Zaldastanov va uning uch o`rinbosarlari “qora ro`yxat”dan o`rin olgan.
“Sberbank”ka qarshi sanksiyalar xam kuchaytirilgan. G`arb davlatlarida uning barcha aktivlari butunlay muzlatiladi. Bundan tashqari, bank bu hududda moliyaviy operasiyalarning katta qismini amalga oshira olmaydi. Bu faqatgina oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mineral o`g`itlari sohasidagi amaliyotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Umumiy hisobda sanksiyalarning yangi paketiga RFning 8 nafar yuridik va 47 nafar jismoniy shaxslari o`rin olgan. Ular orasida Moskva meri Sergey Sobyanin, aktyorlar Sergey Bezrukov va Vladimir Mashkov, "Rostex" korporasiyasi rahbari Sergey Chemezovlar bor.
Eslatib o`tamiz, cheklovlar ertaga, chorshanba kuni tasdiqlanadi.






