1

O`zbekiston rivojlanishning to`g`ri yo`lini tanlagan — Eron vise-prezidenti

Siyosat 20.07.2022, 11:12
O`zbekiston rivojlanishning to`g`ri yo`lini tanlagan — Eron vise-prezidenti

Toshkentda "O`zbekiston-Eron ilm-fan va innovasiya forumi" o`z ishini boshladi.

Mazkur forum Eron vise-prezidenti Sorena Sattoriyning mamlakatimizga tashrifi doirasida O`zbekiston Innovasion rivojlanish vazirligi va Eron Fan, tadqiqotlar va texnologiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

 Forum davomida Innovasion rivojlanish vazirligi binosining ko`rgazmalar zalida O`zbekiston va Eron innovasion kompaniyalari va startaplari mahsulotlari ko`rgazmasi tashkil etiladi, ikki mamlakat korxona va tashkilotlarining innovasion ishlanma va mahsulotlari namoyish etiladi.

Sorena Sattoriy, Eron Islom Respublikasi Prezidentining ilm-fan va texnologiyalar bo`yicha Vise-prezidenti :

- O`zbekistonda bo`lib o`tayotgan voqealar, taraqqiyot ko`rsatkichlari meni xursand qildi. Janob Abdurahmonovga O`zbekistonda innovasiyalar sohasida katta yangiliklar borligini ta`kidladim. Biz innovasiyalarni amalga oshirishda xususiy sektorni ham jalb qilishni taklif qildik. Bizlarda mushtarakliklar ko`p. Kelgusida o`rtamizdagi aloqalar yanada rivojlanishiga ishonamiz. Xususan, ilm-fan sohasidagi hamkorliklar kuchayadi.

Biz oliy ta`lim va ilmiy tashkilotlarimiz o`rtasida o`zaro almashinuv aloqalarini kengaytirishimiz lozim. Shuningdek 2 mamlakat o`rtasidagi qo`shma loyihalar hamkorliklarimizni kengaytirishga sabab bo`ladi, deb o`ylayman.

Bu kabi uchrashuvlar sonini oshirish kerak. Tez kunlarda ikki mamlakat o`rtasidagi hamkorlik sabab ko`plab korxonalar tashkil etilishidan umidvormiz.

O`zbekiston rivojlanishning to`g`ri yo`lini tanlagan. Bu esa kelgusi o`z mevasini beradi. Xususan, mazkur taraqqiyot yo`lini yanada rivojlantirish uchun xususiy sektorga yo`l ochish lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1