AsosiyDunyo

Suriya Kiev bilan diplomatik munosabatlarni to`xtatdi

'Suriya Kiev bilan diplomatik munosabatlarni to`xtatdi'ning rasmi

Suriya Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzadi. Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi, deya yozmoqda Zamon internet nashri.

Agentlikning Suriya TIVga tayanib bergan ma`lumotiga ko`ra, bu Kievning harakatlariga javob tarzida amalga oshirilmoqda. 29 iyun kuni Damashq Ukraina sharqidagi “DXR” va “LXR”ning “mustaqilligi”ni tan olgandi. Bunga javoban Vladimir Zelenskiy Suriyaga qarshi sanksiyalarning kuchaytirilishini ma`lum qildi. Bundan tashqari, Kiev diplomatik aloqalar uzilishini ta`kidlagan.

Shu bilan birga ikki davlat o`rtasida konsullik munosabatlari saqlanib qolgan.

    Boshqa yangiliklar