AsosiyDunyo

Bayden Afrika etakchilarini Vashingtonga yig`moqchi

'Bayden Afrika etakchilarini Vashingtonga yig`moqchi'ning rasmi

Jozef Bayden 13-15 dekabr kunlari Vashingtonda AQSh-Afrika sammitini o`tkazadi. Bu haqda Oq uy xabar berdi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Ma`lum qilinishicha, uchrashuvda Afrikadagi barcha davlat rahbarlari ishtirok etishi aytilgan. Bu orqali Vashington ushbu qit`a bilan munosabatlarini mustahkamlash va butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega masalalar yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishni maqsad qilgan.

Xususan, tomonlar iqtisodiy hamkorlik, demokratiya va inson huquqlari, koronavirus va boshqa pandemiyalarga qarshi kurash, oziq-ovqat xavfsizligi va tinchlik masalalarini muhokama qiladi.

Ma`lumot o`rnida, AQSh-Afrika sammiti ilk bor 2014 yilda o`tkazilgan, unga Qo`shma Shtatlarning o`sha paytdagi rahbari Barak Obama boshchilik qilgan.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar