JSST koronavirusni yuqtirish holatlari bo`yicha navbatdagi haftalik hisobotini e`lon qildi. Unga ko`ra, 11-17 iyul kunlari dunyoda 6,2 milliondan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan. Bu 4-11 iyul sanalariga qiyoslaganda deyarli bir xil ko`rsatkichdir. Bu haqda SSV matbuot xizmati ma`lum qildi.
Asosiy o`sish dinamikasi G`arbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida qayd etildi — 37 foiz. Sharqiy O`rta er dengizi mintaqasida kasallanishlar soni deyarli o`zgarmadi.
Evropa va Afrika qit`alarida esa koronavirusga chalinish holatlari mos ravishda 16 va 27 foizga kamaydi.
Shuningdek, o`tgan haftada koronavirus tashxisi qo`yilgan bemorlardan 11 ming nafari hayotdan ko`z yumdi. Bu avvalgi haftaga taqqoslaganda qariyb 1 foizlik pasayishdir.
Kasallikdan vafot etganlarning katta qismi Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari hissasiga to`g`ri keldi — 20 foiz! Keyingi o`rindan 13 foizlik ko`rsatkich bilan Sharqiy O`rta er dengizi mintaqasi davlatlari joy oldi. Shuningdek, Amerika qit`asida o`lim holatlari 7 foizga o`sdi.
Qolgan mintaqalar, xususan, Afrikada COVID-19 qurbonlari soni 39 foizga, Evropada esa 14 foizga kamaydi.






