Sal avval Samarqandda Butunjahon jamiyatining “O`zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo`lib o`tayotgani haqida xabar bergan edik.
Tadbir O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, asrash va ommalashtirish bo`yicha Butunjahon jamiyati tomonidan O`zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi hamda 10 dan ortiq xalqaro va 5 ta milliy tashkilotlar ko`magida tashkil etildi.
Kongressning asosiy voqeasi — “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” (51-60 jild) turkumidagi 10 ta yangi kitob-albom taqdimoti bo`lib o`tdi.
Xo`sh, ular qaysi kitoblar edi?
- 51 tom. Xususiy kolleksiyadagi VII–XXI asr sharq xattotligi va minyatyura san`ati durdonalari;
- 52 tom. Temuriylar madaniy merosi O`zbekiston to`plamlarida;
- 53 tom. O`zbek kinosan`ati: muhrlangan vaqt;
- 54 tom. Buxoro davlat muzey-qo`riqxonasi to`plami;
- 55 tom. Kushonlar va Boburiylar san`ati Nyu-Dehlidagi milliy muzeyida, Hindiston;
- 56 tom. "O`zbekiston janubidagi durdonalar": Surxondare muzeylari to`plamlari;
- 57 tom. Tatariston respublikasi to`plamlari (Rossiya);
- 58 tom. Malayziya islom san`ati muzeyi;
- 59 tom. Davlat ermitaji to`plami (Rossiya);
- 60 tom. Minyatura san`ati portret: Movarounnahr tarix bilan bog`liq siymolar.
Eslatib o`tamiz, kongress davomida bir qator xalqaro tashkilotlar (YuNESKO, IRCICA, ICESCO, "Al-Furqon" jamg`armasi va boshqalar) bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Dilbar Abdunabieva.






