Qora dengiz, Marmara, Egey va O`rta er dengizlari bo`ylab sakkiz ming kilometrdan ortiq qirg`oq chizig`i bilan o`ralgan Turkiya o`zining shaffof va feruza dengizlari tubiga sayohat qilib, dengiz osti ajoyibotlaridan bahramand bo`lishga taklif etadi.
Suv osti dunyosida dengiz jonivorlariyu turli xil noyob baliqlarni yaqindan ko`rishni istasangiz quyidagi ma`lumotlar aynan siz uchun.
Tarixan qadimiy sivilizasiyalar va dengiz savdo yo`llari chorrahasida joylashgan Turkiya yil davomida barcha darajadagi g`avvoslarni mamlakatni o`rab turgan 4 dengiz sohili bo`ylab suv osti dunyosini tomosha qilish uchun kutib qoladi.
Turkiyaning boy suv florasi va faunasi, qadimda va hozirgi kunimizda halokatlar natijasida suv tubiga g`arq bo`lgan kemalar va ko`p asrlik tabiiy boyliklar kashf etilishini kutmoqda.
Ming yillar davomida muhim dengiz savdo yo`li markazlari bo`lgan Turkiya g`avvoslarga sakkiz ming kilometrlik qirg`oq bo`ylab insoniyat tarixining izlarini o`rganish uchun mislsiz imkoniyatni taqdim etadi.
Keling, Turkiyaning dengizlari tubiga sho`ng`ib, marjon qoyalari va kema halokatlari qoldiqlari natijasida paydo bo`lgan eng go`zal sho`ng`ish manzillariga ko`z tashlaymiz.
Uchanbalik, Kash-Antaliya
Turk Rivierasining markazida joylashgan Uchanbalik, Kash mintaqasidagi ajoyib va g`aroyib suv osti dunyosi bilan e`tiborni tortadigan 20 dan ortiq sho`ng`ish markazini o`zida mujassam qiluvchi eng muhim sho`ng`ish markazlaridan biri hisoblanadi.
Eng usta g`avvoslarni ham bee`tibor qoldirmaydigan, chuqurligi 55 metrdan 71 metrgacha bo`lgan Uchanbalik, Savoia-Marchetti SM79 rusumli italyan bombardimonchi samolyotining halokat joyi bo`lganligi bilan ham ajralib turadi. Ikkinchi Jahon urushi davrida urib tushirilgan samolyotning qoldiqlari unutilmas taassurotlarini taqdim qiladi.
Akvarium ko`rfazi, Fethie-Mug`la
Er yuzidagi haqiqiy jannat deya ta`riflangan Ferthiedagi Akvarium ko`rfazi Turkiyadagi eng yaxshi sho`ng`ish nuqtalaridan biri bo`lib, o`z nomini suvining tiniqligidan olgan bu ko`zni qamashtiruvchi ko`rfaz, havaskor va tajribali g`avvoslarni bee`tibor qoldirmaydi.
Akvarium ko`rfazi o`zining suv osti boyliklarining xilma-xilligi bilan mashhur bo`lib, bu erning noyob suv osti dunyosining go`zalligi g`avvoslarni hayratda qoldiradi.
Bodrum-Mug`la
Bodrum yarim oroli sizni baliq, sakkizoyoq, suv osti va dengiz o`tlari bilan ko`zni qamashtiruvchi musaffo suvlarida suzishga taklif qiladi.
Bu erda chuqurligi 30 metrgacha bo`lgan 20 ta sho`ng`ish joylari mavjud bo`lib, Bodrumning eng mashhur ikkita sho`ng`ish nuqtasi ham shu erda joylashgan.
Chuqurligi 7 metrdan 33 metrgacha bo`lgan bu sho`ng`ish joylari kichik baliqlar va boshqa turli xil suv hayvonlari uchun qo`nim hisoblanadi.
Fener oroli, Cheshme-Izmir
Turli xil dengiz jonzotlari bilan diqqatni tortadigan Fener oroli Izmirning eng mashhur dam olish maskanlaridan biri bo`lib, suv osti sarguzashtlari uchun mukammal joy hisoblanadi. Orolning suvlarida dengiz jonzodlari, marjonlar va sargoslar yashaydi.
Moviy g`or, Kekova-Antaliya
G`or tunnelidan o`tadigan yorug`likning yorqin ko`k ranglari tufayli Moviy g`or nomini olgan Antaliyaning Kekova tumanida joylashgan sho`ng`ish markazi, barcha darajadagi g`avvoslarlari o`ziga jalb qilishi bilan ham diqqatga sazovor.
Rang-barang mavsumiy qisqichbaqalar bu dengizning suv tubida yorqin tasvirlarni yaratadi va sizda o`chmas xotiralar qoldiradi.






